 |
Assalomu alaykum!
Ushbu sahifa Namangan Davlat universiteti tarix fakulteti
tarkibidagi Ijtimoiy - madaniy faoliyat bakalavriyat ta'lim
yo`nalishi talabalari va professor o`qituvchilarining
ilmiy-ijodiy, ijtimoiy-madaniy va ma'rifiy faoliyati bilan
tanishtiradi.Talabalarning o`quv jarayonidagi nazariy va
amaliy tayyorgarlik imkon qadar aks ettirilgan. Bundan
tashqari professor - o`qituvchilar haqida ma'lumotlar,
ularning ilmiy ishlari, talabalarning ijodiy ishlari aks
ettirilgan.

Prezidentimiz I.A.Karimov “Xalqning ma`naviy
ruhini mustahkamlash va rivojlantirish - O`zbekistonda
Davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir” deb,
ta`kidlagan edi.
Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat
madaniyat instituti jamoasi ushbu masalani birinchilardan
bo`lib hal qilishga kirishdilar. 2001 yilda esa Namangan
davlat universitetida ham “Ijtimoiy madaniy faoliyat”
ta`lim yo`nalishi tashkil etildi. Ushbu soha
bitiruvchilarining ish joylari:
- Madaniyat
saroylari;
- Ma`naviyat
va ma`rifat markazlari;
- Madaniyat
va istirohatt boғlari;
- Axborot-resurs
markazlari;
- Muzeylar.
Ho`sh ushbu yo`nalish nima uchun
ijtimoiy-madaniy faoliyat deb ataldi?
Kundalik ijtimoiy hayotning turli jabhalariga
talluqli bo`lgan madaniy dam olishni tashkil qilish,
ma`naviyat va ma`rifat ishlarini yuritish, madaniyat
sotsiologiyasi, marketing va menejerlik, madaniyat
muasasalarida tadbirkorlik sohalarida xizmat qiluvchi
kadrlarni tayyorlaydigan yo`nalish bo`lganligi bois, shunday
deb nom berilgan.
Ijtimoiy-madaniy faoliyat yo`nalishi aniq
maqsad sari kadrlar tayyorlash yo`lini tanladi. Keng xalq
ommasi ichiga kirib boruvchi bo`lajak mutaxassislar buning
uchun qanday fanlarni o`zlashtirishlari zarur bo`ladi?
Ijtimoiy-gumanitar fanlardan tashqari, inson tafakkurini
chuqurroq o`rganish maqsadida “Pedagogika”, “Psixologiya”
fanlarini, ma`naviyat negizlarini o`rganish uchun –
“Ma`naviyat asoslari”, “Madaniyatshunoslik”,
“Madaniy-ma`rifiy faoliyat asoslari” fanlarini xalq
ijodiyotini o`rganish uchun – “Xalq ijodi va an`analari”, “Etnomadaniyat”,
“Qadriyatshunoslik” va “San`at tarixi”, badiiy so`z va so`z
san`ati qirralarini o`rganish maqsadida “Notiqlik san`ati”
fani, madaniy-ma`rifiy muassasalarda kechalar va turli
tadbirlar tashkil qilish, vka ularning dramaturgiyasini
izchil o`rganish maqsadida – madaniy – ma`rifiy
muassasalarda “Dramaturgiya va rejussura”, “Stsenariy
mahorati”, “Boshlovchilik mahorati”, respublikamizdagi
madaniyat va istirohat boғlarining nazariyasi va
uslubiyotini o`rganish maqsadida - “Parkshunoslik” fani,
madaniyat muassasalari shakl va usullari, ish olib borish
uslubiyotini o`rganish maqsadida – “Klubshunoslik” fani,
Jamoatchilik fikrini o`rganish maqsadida “Sotsiologiya”,
“Milliy mentalitet sotsiologiyasi”, “Madaniyat va bo`sh vaqt
sotsiologiyasi”, “Ijodiy faoliyat sotsiologiyasi”, madaniyat
muassasalarida boshqaruv va iqtisodni o`rganish uchun
“Madaniyatda menejment va iqtisod asoslari”, “Tadbirkorlik
asoslari” fanlarini; xalq omasining madaniy dam olishini
tashkil qilishni o`rganish maqsadida “Xordiqshunoslik”,
“Madaniy – xordiqiy tadbirlarni badiiy bezash”, “Muzeyshunoslik”,
“Ekskursiya va sayohat” kabi maxsus fanlar o`rganiladi.
Yo`nalish bo`yicha qabul qilingan talabalar
birinchi kursdan keyin madaniy dam olish tashkilotchisi,
ma`naviyat va ma`rifat tarғibotchisi, madaniy – ma`rifiy
soha sotsiologi, madaniy – ma`rifiy sohalar menejerlari
ixtisosligiga ega bo`ladilar. |
 |