|
Assalomu alaykum!
Ushbu sahifa Namangan Davlat universiteti tarix fakulteti
tarkibidagi Milliy istiqlol g`oyasi: huquq va ma'naviyat
asoslari bakalavriyat ta'lim yo`nalishi talabalari va
professor o`qituvchilarining ilmiy-ijodiy, ijtimoiy-madaniy
va ma'rifiy faoliyati bilan tanishtiradi.

Umumiy tavsif :
-Yo`nalish O`zbekiston Vazirlar Mahkamasining
2001 yil 16 avgustdagi 343-sonli qarori bilan tasdiqlangan;
- Yo`nalishning ta`lim sohasidagi o`rni:
5141500 – Milliy istiqlol g`oyasi: huquq va ma`naviyat
asoslari- umumiy o`rta ta`lim maktablari, akademik litsey va
kasb-hunar kollejlari uchun huquq asoslari, ma`naviyat
asoslari, milliy istiqlol g`oyasi fanlari bo`yicha
o`qituvchi tayyorlash jarayonida foydalanadigan fanlar,
pedagogik faoliyat vositalari, usullari yig`indisidan iborat
bo`lgan ta`lim yo`nalishidir.
-Kasbiy faoliyat ob`ektlari:
5141500 - Milliy istiqlol g`oyasi: huquq va
ma`naviyat asoslari yo`nalishi bo`yicha bakalavrning kasbiy
faoliyati ob`ektlari: umumta`lim maktablari, akademik
litseylar, kasb-hunar kollejlari va maktabdan tashqari
ta`lim muassasalari, o`quvchilar, o`quv-tarbiya jarayoni,
o`qitishning pedagogik texnologiyalari va usullari.
-G`oya va mafkuralar tarixi;
- G`oya va mafkura tushunchalariga
umuminsoniy nuqtai nazardan baho berilishi;
-Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi.
Xozirgi davr-dunyoda
g`oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan, mafkura
poligonlari yadro poligonlaridan xam kuchliroq bulib
borayotgan davrd ekanligi. Shu bilan birga, xozirgi
vaqtda mafkuraviy vositalar orqali uz ta`sir doirasini
kengaytirishga intilayotgan siyosiy kuchlar va xarakatlar
xam yuq emas. Tajovuzkor millatchilik va shovinizm,
neofashizm va kommunizm, irqchilik va diniy ekstremizm
mafkuralari shular jumlasidandir. Natijada dunyoda inson
qalbi va ongini egallash uchun kurash tobora kuchayib
bormoqda. Bu xol bugungi kunda dunyoning mafkuraviy
manzarasini belgilab bermoqda;
-O`zbekiston
taraqqiyoti va mafkuraviy muammolar.
Mustakillik yillarida shakllanish yo`liga kirgan milliy
istiklol mafkurasi xalkimizning asriy an`ana va
kadriyatlarini, milliy uzligimizni uzida mujassamlashtirib,
ularni umuminsoniy kadriyatlar, dunyo tsivilizatsiyasi
yutuklari xamda ilgor, tarakkiyparvar goyalar bilan boyitib,
mamlakatimiz uz oldiga kuygan ezgu maksad va vazifalarni
anik-ravshan aks ettirayotganligi;
-Milliy
istiqlol g`oyasining mohiyati
va falsafiy - tarixiy asoslarini o`rganish.
Har qanday millat, xar qanday xalq bor ekan, uning o`z
manfaatlari, o`z maqsad va orzu-idealariga ega bulishi
tabiiy. Ushbu orzu-umidlar va maqsadlarni ifoda etadigan,
ularni ruyobga chiqarish uchun xalqni safarbar qiladigan
g`oyalar esa muayyan mafkuraga asos buladi. Milliy istiqlol
g`oyasi O`zbekistonda yashovchi barcha millat va elat
vakillarining tub manfaatlarini, xalqimizning asrlar
mobaynida intilib kelgan orzu-ideallarini, olijanob
maqsad-muddaolarini o`zida mujassam etadi. SHu ma`noda,
O`zbekiston jamiyatining milliy istiqlol mafkurasi, uz
mohiyatiga ko`ra, xalqimizning asosiy maqsad-muddaolarini
ifodalaydigan, uning o`tmishi va kelajagini bir-biri bilan
bog`laydigan asriy orzu-istaklarni amalga oshirishga xizmat
qiladigan g`oyalar tizimi ekanligi.
|