|
Na
malakman, na farishta,
Men ham
odam naslidan,
Men
tavalludi o'shal
Farzandi
Namangoniman.
B.Mashrab
Assalomu-alaykum azizlar! Sizga
havola etilayotgan ushbu veb sahifa serquyosh hur Ona zaminimizning go'zal va
maftunkor Farg'ona vodiysida joylashgan – Namangan viloyati ta rixiga
bag'ishlangan.
Ona zamin tarixini xolisona, tarixiy manbaalar asosida o'rganish va uni ilmiy jihatdan tahlil
etish tadqiqotchi olimlar oldidagi dolzarb vazifalardan biridir.
Keyingi yillarda Buxoro va Xiva, Termiz, Shahrisa bz, Qarshi, Samarqand va
Marg'ilon kabi shaharlarining to'y-yubileylarini tashkil etilishi, ushbu
shaharlarning tarixini arxeologik va yozma manbalar orqali o'rganilishi
Vatanimiz tarixini yangi sahifalar bilan boyitdi.
Ayni paytda
ona-zaminimizning ajralmas bir qismi bo'lgan Namangan viloyati tarixini
o'rganish va bu yerda mavjud me'moriy obidalarni saqlab qolish hamda qayta
ta'mirlash sohasida bir qator say'i harakatlar amalga oshirilmoqda.
|