|
«Mustaqilligimizning dostlabki kunlaridayoq, -deb yozadi Prezident I.Karimov, -ajdodlarimiz tomonidan ko’p asrlar maboynida yaratib kelingan g’oyat ulkan, bebaho ma`naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan nihoyatda muhim vazifa bo’lib qoldi. Biz ma`naviy qadriyatlarni tiklashni milliy uzlikni anglashni o’sishidan, xalqning ma`naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb xisoblaymiz»1
O’zbekistonda yangi ma`naviy-g’oyaviy yo’nalishlarning shakllanishi o’z navbatida, milliy san`atimizga, xususan amaliy san`atning barcha sohalariga samarali ta`sir etdi, ijodiy izlanishlar doirasini kengaytirib, badiiy tafakkur rivojini yanada jadallashtirdi.
Halqimizning boy ma`naviyati, turmush tarzi, urf-odatlarini chuqur o’rganish yurtimiz kelajagi bo’lgan yoshlarni ma`naviy shakllanishida asosiy manba bo’lib xizmat qiladi.
O’zbek xalqining madaniyat durdonalari, tarixiy yodgorliklarini saqlash va madaniy merosimizni to’plashni davlatimiz o’z zimmasiga olgan. O’zbek xalqining ikki yarim ming yil davomida xalq amaliy san`atining juda ham ajoyib namunalarini yaratdi va bu yo’lda hozirda ham tinimsiz izlanib kelmoqdalar.
I.Karimov "O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari", "O’zbekiston", 1997, 137-bet.
|