|
TARIX
-
1) tabiat va jamiyatdagi
har
qanday rivojlanish jarayoni. Shu ma'noda olamning yaratilish
tarixi, yer tarixi, barcha fanlar tarixi va boshqalar
tushuniladi;
2)
insoniyat va uning mahsuli bo'lgan tamaddunlar rivoji,
jamiyat va davlatlar o'tmishi taraqqiyoti jarayonini
o'rganuvchi fan.
Tarix
fani -
insoniyatning butun o'tmishi davomida jamiyat hayotida sodir
bo'lgan voqea-hodisalar, jarayonlarni (jamiyat rivojini)
yaxlit bir tarzda o'rganadi. Tarix fani ijtimoiy-gumanitar
fanlar (falsafa, sosiologiya, iqti-sod, psixologiya,
san'atshunoslik va b.) tizimining tarkibiy qismi tarix
fanining bu guruhdagi o'rni uning tadqiqot predmeti va
usullari b-n belgilanadi. Turli ijtimoiy va gumanitar fanlar
jamiyat hayotining alohida ji-hatlarini o'rgansa, tarix
fanining tadqiqot ob'yekti — aholi, jamiyat, mamlakat,
davlat hayotining o'tmishi va hoziri haqidagi faktlarni
yig'ish, taxlil qilish, to'plangan bilimlarni ma'lum bir
tizimga solish va nazariy jihatdan umumlashtirishdir. Tarix
fani o'tmishda sodir bo'lgan jarayon va hodisalar orasidagi
o'zaro bog'liqlik, ularning ildizi, tarixni
harakatlantiruvchi sabablar, uning mantiqi va ma'nosini
ko'rish imkonini beradi. Ijtimoiy va gumanitar fanlar tarix
tadqiqotlari natijalariga tayanadi. Fan-lararo yondoshuv
jamiyat haqidagi yaxlit tasavvurni shakllantirib, o'tmishni
va hozirni anglash orqali jamiyat rivoji istiqbolini ko'ra
bilishdek muhim vazifani hal qiladi.
Tarix
fanida,
boshqa fanlarda bo'lganidek, muqarrar ixtisoslashuv amalga
oshmoqda. Hozirgi zamon tarix fani alohida bo'limlar va
sohalardan tashkil topgan bilimlar majmuidir. Ixtisoslashish
darajasiga ko'ra, ularni bir necha guruhga ajratish mumkin:
Birinchi
guruhni
jamiyatning (jahon tarixi) butun va alohida tomonlarini
o'rganuvchi bo'lim va sohalar tashkil qiladi. Insoniyat
tarixining ayrim hodisalari alohida o'rganiladi. Jahon
tarixi ibtidoiy jamiyat tarixi, O'rta asrlar tarix.i, yangi
va eng yangi tarixga bo'linadi. Hududiy-geografik tamoyilga
ko'ra, tarixan bir-biri bilan bog'liq yirik rayonlar (Yevropa
va dunyoning boshqa qismlari, Qadimgi Sharq, O'rta Osiyoning
ba'zi regionlari) va alohida mamlakatlar hamda halklarga
ajratiladi. Kompleks muammolarni tadqiq qilish bir guruh
mamlakat va xalqlar tarixida ro'y bergan bosqichiy davrlarni
va hodisalarni (Uyg'onish davri, Reformasiya tarix.i va b.)
O'rganish zaruratidan kelib chiqadi. Jahon tarixiga global
yondashuv b-n bir qatorda mikro tarix (shahar va qishloqlar,
alohida shaxslar, kundalik maishiy turmush) ham o'rganiladi.
Tarixning alohida tomonlarini o'rganish tarix fanining
alohida sohalarini ajratishni taqozo qildi (mas, harbiy
tarix siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, din, fan, xotin-qizlar
tarixi va tender tadqiqotlari, san'at, intellektual,
madaniyat, diplomatiya tarixi va b.).
Ikkinchi
guruhni
yordamchi va maxsus tarix fanlari tashkil qiladi. Ularni
alohida tarix fanlariga ajratilishi va rivojlanishi tarix
fanining xususiy tadqiqot usullarini ishlab chiqish
zaruratidan kelib chiqadi. Antropologiya, arxeologiya,
etnografiya mustaqil o'ringa ega. Yordamchi tarix fanlariga
— manbashunoslik, arxeografiya, paleografiya, geral'dika,
numizmatika kiradi. Maxsus guruh — boshqa fanlar ehtiyojidan
kelib chiqadi (mas, tabiiy fanlar tarixi, texnika tarixi,
davlat va huquq tarixi). tarixi fanining tarixini
tarixshunoslik fani o'rganadi.
|